
- Ochiq o'yin bo'lmadi. Ikkala jamoa ham o'z o'yinini ko'rsatishga harakat qildi. Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik. Raqiblar birinchi bo'limidan mamnun bo'lishsa kerak. Ular to'p bilan, to'psiz va himoyada yaxshi o'yin namoyish qilishdi. Ikkinchi bo'limda biz vaziyatni to'g'riladik. Birinchi bo'limni shunday yomon o'tkazib, tezda ikki gol urib olsangiz, o'yin o'zgarib ketadi. Kayfiyat ko'tarildi, chunki birinchi bo'limni yomon o'tkazgandik.
- Himoyachilarning birinchi bo'limda bir qancha xatolarga yo'l qo'yib, Dorievga to'pni sovg'a qilishgani haqida nima deya olasiz?
- Bunday o'yinlar bo'lib turadi. Bugungi o'yinni boshqacharoq tizimda boshladik. Oleg Zoteev bugun bizga yordam bera olmasdi. Shu boisdan uch markaziy himoyachi bilan o'ynadik. Anchadan beri bu uslubda o'ynamayotgandik. Bu borada ular yaxshi harakat qilishdi. Bunday engil xatolar esa bo'lib turadi. Bundan chiqib kyetib bo'lmaydi.
- Ketma-ket ikkinchi o'yinda Muhammadali Reimovni ko'rmadik. Shuningdek, bugun Jasur Yaxshiboevni qaydnomada ko'rmadik.
- Reimovning terma jamoada orttirib olgan eski jarohati bor edi. Mushaklari jarohati unga biroz halaqit qilmoqda. Uni xavf ostiga qo'ymadik va to'liqligicha tuzalishini kutamiz. Unchalik jiddiy bo'lmagan jarohat, lekin bu unga halaqit qilyapti. Bir yarim oy oldin Jasur Yaxshiboevning mushaklarida jarohat bor edi, keyinchalik u davolandi. Biroq mashg'ulotlarda yana o'zini noqulay his qildi. Uni ham xavf ostiga qo'yishni istamadik. U ham to'liqligicha davolangani maqul.
- "Lokomotiv"ni yozgi transferlar oynasi vaqtida uch futbolchi tark etdi. Biroq ularning o'rni to'ldirilmadi. Buning sababi nimada? Moliyaviy holatdami yoki hozirgi tarkibdan mamnunmisiz?
- Bizga futbolchi kerak. Yangi futbolchilarni izlayapmiz. Yosh futbolchilarni yo'qotishni istamaymiz, ular bu darajada futbol o'ynashga tayyorlar. Boshqa futbolchi olsak ham yoshlarni tarkibga jalb qilamiz. Yoshlar esa o'z navbatida akalaridan o'rnak olib, yaxshigina tajriba olishmoqda. O'z vazifamizga yetishish uchun bir qancha futbolchilar asqotgan bo'lardi.
- Jamshid Saidov "Lokomotiv"ni tark etib, "Qizilqum" bosh murabbiyi bo'lgani Sizning rejalaringizni qanchalik o'zgartirdi?
- Jamshid menga katta yordam berayotgandi. Futbolchilar bilan ishlashda u yaxshi mehnat qilayotgandi. Biz jamoaga ko'p tomonlama yordam berayotgan muhim insondan ayrildik. Sadriddin Abdullaev biroz qo'shishi kerak. O'zining qilayotgan ishlari esa o'ziga yaxshi. Sadriddin Abdullaevning vazifalarini ko'paytirdik.
- FIFA kunlariga qadar Nikolay Ivanov asosiy tarkib futbolchisi edi. O'tgan o'yinda esa u zaxiradan tushib gol urdi. Uning zaxirada qolayotgani sababi nimada?
- U jamoaga kelganida yaxshi jismoniy holatda edi va shu sababli Yovan Nishich ko'p o'ynamagandi. Hozir esa teskarisi. Yovanning holati yaxshiroq. Nikolay hozir asosan tayanch futbolchisi bo'lib qoldi va boshqa poziciyalarga ulgurmayapti. Bir vaqtda ularning ikkovidan ham foydalanib bo'lmaydi. Har o'yinda ularni almashtirib, maydonga tushirish esa hissiyotlarni kamaytirib qo'yishi mumkin. Ikkisi ham erkin o'yin ko'rsatishni yaxshi ko'rishadi. Hozir Yovan yaxshiroq holatda, keyingilarida esa vaziyatga qaraymiz.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191757 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112547 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25763 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19166 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16396 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14107 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 20.07.2026 01:11 Ўқилди 11758 JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi |
![]() | 21.07.2026 00:24 Ўқилди 9302 Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi" |
![]() | 19.07.2026 01:11 Ўқилди 4900 Inyesta de la Fuentening Pedri borasidagi qaroridan hayratda |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4267 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
Реклама
Сайт хақида