
– Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
– Uchrashuvga keladigan bo'lsak, bugun asosan jismoniy kurashlarga boy o'yin guvohi bo'ldik. Maydonda taktik harakatlardan ko'ra, jismoniy tortishuvlar ustunlik qildi. To'g'risini aytsam, raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik. Avvalgi o'yinlarini tahlil qilganimizda, ular asosan taktik futbol namoyish etishayotgan edi. Bugungi kutilmagan bosimga yigitlarimiz qaysidir manoda tayyor emasdi.
Hisobga keladigan bo'lsak, o'ylaymanki, natija adolatli bo'ldi. Biz mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik.
– O'yinning 60-daqiqasidan keyingi holatga e'tibor qaratsak: jamoa to'pni asosan o'z nazoratida ushlab turdi, biroq keskinlashtiruvchi hujumlar uyushtirilmadi. So'nggi uzatmalar manzilga aniq yetib bormadi. Umuman olganda, so'nggi paytlarda jamoangiz raqib jarima maydonchasi atrofida (uchinchi hududda) shunday muammolarga duch kelmoqda. Birinchi davraning boshida hujumlarni yakunlash bosqichi ancha yaxshi edi. Bu chempionatdagi kichik tanaffus tufayli futbolchilarning sport formasidan (tonusidan) chiqib qolgani bilan bog'liqmi?
– Ha, ayrim sabablarga ko'ra yuzaga kelgan tanaffus natijasida yigitlar sport formasidan biroz chekinishdi. Fikrimcha, hujumlarni yakunlashdagi mavjud muammolar bevosita mana shu omil bilan bog'liq.

– Yana bir jihatga oydinlik kiritsangiz. Bugungi kurashlarga boy bahsda aksariyat futbolchilar hissiyotga berilib, maydonda juda ko'p asabiylashishdi. Vaholanki, bu yigitlarning ko'pchiligi milliy terma jamoamiz a'zolari sanaladi. Xalqaro maydonlarda ham kurashlarga boy shunday keskin o'yinlar tez-tez uchrab turadi. Jamoada bunday ruhiy holat ustida qanday ish olib borilmoqda? Adashmasam, 11-raqamli futbolchi ham aynan haddan tashqari asabiylashgani sababli almashtirildi.
– Raqibni o'rganganimizda, ular shu paytgacha bu darajada kurashlarga boy o'yin namoyish etishmagan edi. Qolaversa, raqib futbolchilari tajribali va yoshi kattaroq, bizning jamoa esa nisbatan yosh. Shu sababli, ko'p hollarda yakkama-yakka kurashlarda imkoniyatni boy berib qo'ydik. Maydondagi ketma-ket boy berilgan kurashlar tabiiy ravishda futbolchilarda asabiylashishni keltirib chiqardi. Natijada, yigitlar o'z o'yinlarini yo'qotib qo'yishdi va biz o'zimizning odatiy futbolimizni ko'rsata olmadik. Raqib bunga imkon bermadi: ular bor e'tiborini faqat jismoniy kurashga qaratgani sababli, biz taktik rejalarimizni to'liq amalga oshira olmadik.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191715 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112511 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25712 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19118 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16384 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14080 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 20.07.2026 01:11 Ўқилди 11746 JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi |
![]() | 21.07.2026 00:24 Ўқилди 9269 Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi" |
![]() | 17.07.2026 07:55 Ўқилди 8650 JCH-2026 finali qoldirilishi mumkin |
![]() | 17.07.2026 01:56 Ўқилди 5804 Jo Koul: "Angliya terma jamoasini ingliz murabbiy boshqarishi kerak" |
Реклама
Сайт хақида