Rasman: Pochettino AQSH terma jamoasi bilan shartnomasini JCH-2030’gacha uzaytirdi
04.08.2026 14:56 Ўқилди: 380
Argentinalik mutaxassisning Amerika terma jamoasi bilan yangi kelishuvi 2030 yilgacha mo'ljallangan: 54 yoshli murabbiy jamoani JCH-2030’ga tayyorlaydi.
Pochettino AQSH terma jamoasini 2024 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa KONKAKAF Oltin kubogi-2025 finaligacha yetib bordi va o'z uyida o'tgan JCH-2026’da 1/8 finalga chiqib, Belgiyaga imkoniyatni boy berdi.