De la Fuente JCHda 20 daqiqa o'ynagan yarim himoyachi haqida: “U bu poziciyada dunyodagi ikkinchi eng yaxshi o'yinchi”
29.07.2026 01:24 Ўқилди: 218
Rodri Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi sardori bo'ldi va yakunda turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Argentinaga qarshi kechgan final o'yinida (1:0) 99-daqiqada uni Subimendi almashtirdi. “Arsenal” tayanch yarim himoyachisi uchun bu JCH bahslaridagi ilk o'yin bo'ldi.
“Hammaga hurmat saqlagan holda va hech kimning dilini og'ritishni xohlamay aytamanki, Rodriga shubha bilan qarash - bu futbol zakovatini haqorat qilish degani deb aytgandim.
U o'z poziciyasida dunyodagi eng yaxshi o'yinchi. Shu bilan birga, tarkibimizda Martin Subimendi ham bor - u ham ajoyib futbolchi va, ehtimol, bu borada dunyoda ikkinchi o'rinni egallaydi.
Rodri o'yindan o'yinga sport formasini tiklab bordi. Achchiq haqiqat shundaki, hatto 50 foiz tayyor bo'lgan Rodri ham boshqa juda ko'plab o'yinchilardan ko'ra kuchliroqdir”, – dedi De la Fuente.