Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi
19.07.2026 23:22 Ўқилди: 25634
UFC Shon-shuhrat zali a’zosi, shuningdek, UFC yengil vazn toifasidagi sobiq chempion, rossiyalik Habib Nurmagomedov futbol bo‘yicha jahon chempionatining bo‘lajak final uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Amaldagi Yevropa chempionlari amaldagi jahon chempionlariga qarshi, Yamal Messiga qarshi. Menimcha, bundan yaxshiroq afisha bo‘lishi mumkin emas. Ispanlarning to‘p bilan ishlash mashinasi Argentinaning ruhi baland jamoasiga qarshi.
Menimcha, bu o‘yinda hammasi himoyaga bog‘liq bo‘ladi, kim himoyada yaxshiroq o‘ynasa, o‘sha muvaffaqiyatga erishadi, chunki ikkala jamoa ham gol ura oladi va ikkisi ham yo‘q joydan vaziyat yarata oladi. Lekin unutmaylikki, ispanlar bu chempionatda atigi bitta gol o‘tkazib yuborishdi. Ispaniyaga bu qadar kuchli muxlislik qilaman deb hech o‘ylamagandim», — deb yozdi Nurmagomedov o‘z telegram kanalida.