
Timur Kapadze: “Neftchi” bilan qiyin bahs bo'lishini bilardik. Oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborganimiz alamli bo'ldi. Farg'onada o'ynash oson emas, lekin shunga qaramay yigitlar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Muxlislarga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman.
- 80 daqiqada 3 nafar kreativ futbolchilarni (Jiyanov, Xolmatov, Ilich) zaxiraga oldingiz…
- Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar yaxshi harakat qilishdi. Kojo ham zaxiradan maydonga tushdi. U bahs taqdirini hal qilishi mumkin edi, ammo uning “Neftchi”da o'ynab ketgani… Albatta, bu hazil. Yigitlarimiz maydonda borini berishdi, ularga rahmat.
- Abbos G'ulomov bugun o'yin qaydnomasiga kiritilmadi, unda jarohat bormidi?
- Yo'q, jarohat yo'q. Qaydnomaga cheklangan miqdorda futbolchi kiritish mumkin. Murabbiylar shtabi bilan maslahatdan so'ng rotaciya qildik. Har o'yinda kimgadir dam berishga harakat qilyapmiz.
- O'yinni boshida Ruslanbek Jiyanov himoyaga yordam berdi, keyin oldingizga chaqirib, hujumga o'tish kerakligi haqida gapirgandek bo'ldingiz. Bu “Neftchi” qanotidagi futbolchi zaifligi bilan bog'lash mumkinmi?
- Jiyanov hujum va himoyada nimaga qodirligini yaxshi bilamiz. Himoya va hujumda faol bo'ldi.
- Jamoaning oxirgi oltita bahsdagi g'alabasiz seriyasini qaysi kamchiliklar bilan bog'layapsiz?
- Jamoaga yangi kelgan futbolchilar bor. Biz ularga, ular bizga ko'nikishi uchun vaqt kerak. “Neftchi” bilan bahs bizni “relsga qo'yadi” deb o'ylayman. Muammolar ustida ishlayapmiz. Uyda o'ynash ham o'zgacha ahamiyat kasb etadi. “Neftchi” muxlislar yordamida o'zida kuch topa oldi. Rahbariyat ham bizni tushunib turibdi va qo'llab-quvvatlamoqda.
- “Navbahor” tezkor gol urib oldi. “Cooling Break”dan so'ng ikkala jamoada temp biroz pasaydi, keyin yana ko'tarildi. Bunday tanaffus haqida fikringiz?
- Havo salqinroq bo'lganida olib tashlashsa kerak. Yanayam bilmadim, chunki biz ham dunyo futboliga moslashyapmiz. Hozir darvozabon to'pni o'yinga kiritishi, jarima zarbasi… hammasi soniyasigacha hisobga olingan. Bu narsa tempni ko'taradi. Tanaffus esa yigitlarga biroz tin olishga yordam beryapti. Lekin jarohat olgan futbolchi tezda o'yinga qayta olmayapti, atayin yotib olgan bo'lsa tushunish mumkin, biroq rostdan shikastlangan futbolchi sabab jamoa qanchadir vaqtga bir kishi kam bo'lib qolyapti. Bu tomonlari o'rganib chiqilmagan.
- Bugungi vaziyatdan kelib chiqsak, “Navbahor” bir ochko oldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?
- “Neftchi”dayam yaxshi vaziyatlar bo'ldi, lekin biz g'alabaga haqli edik deb o'ylayman. Oxirgi daqiqalarda standartdan gol o'tkazib yuborish alamli. To'g'ri, omadimiz ham keldi, biroq “Navbahor” ham yaxshi vaziyatlar yarata oldi. Bugun g'alabani qo'ldan chiqardik.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191787 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112562 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25787 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17036 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14110 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 20.07.2026 01:11 Ўқилди 11764 JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi |
![]() | 21.07.2026 00:24 Ўқилди 9305 Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi" |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4315 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4199 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3914 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
Реклама
Сайт хақида