ESPN Jahon chempionatining eng yaxshi 10 nafar yosh futbolchisi ro'yxatini e'lon qildi
04.06.2026 18:40 Ўқилди: 1107
Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
"Barselona" vingeri Lamin Yamal (Ispaniya) ro'yxatda 1-o'rinni egalladi. "Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler (Turkiya) va PSJ yarim himoyachisi Joau Nevesh (Portugaliya) kuchli uchlikka kirdi.
Shuningdek, kuchli o'nlikdan "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi (Ispaniya), "Komo" yarim himoyachisi Niko Pas (Argentina), PSJ vingeri Dezire Due (Fransiya), "Yuventus" vingeri Kenan Yildiz (Turkiya), PSJ yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri (Fransiya), "Bavariya" yarim himoyachisi Lennart Karl (Germaniya) va "Leyptsig" vingeri Yann Diomande (Kot-d'Ivuar) joy oldi.