
– O'yin haqida
– "Sho'rtan"dan yaxshiroq o'yin kutgan edik. Derbi edi. Ammo yigitlarimiz raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Biz keyingi bosqichdamiz, asosiy vazifa uddalandi.
– "Nasaf"ning bugungi g'alabani kimga bag'ishladik?
– Katta o'yin ham emas. Muxlislarga bag'ishlaymiz.
– Menimcha, savolda Erkin Kiyamov nazarda tutildi...
– U inson biz uchun qadrli edi. Ish jarayonida ajoyib suhbatlar bo'lardi. "Dinamo Kiev" bilan o'yin haqida ko'p aytib berardi. Yaxshi inson, yaxshi murabbiy hozir oldimizda yo'q. Doim yodimizda tutamiz. Muzeyimizda ularning tarixiy rasmlari bor. Hech qachon bu kishini unutmaymiz.
– "Nasaf" tarkibida o'ynayotgan yana qaysi futbolchilarni terma jamoa darajasida deb bilasiz?
– Termada o'ynagan futbolchilarimiz bor. Alibek Davronov jarohati sabab Olimpiadani, endi Jahon chempionatini qo'yib yubormoqda. Shu narsa hafa qildi bizni. Bundan tashqari bir necha futbolchilarimiz bor, ammo murabbiy qarorini hurmat qilishimiz lozim. Mundialda ularga omad tilaymiz. Barchamizning orzumizni ular amalga oshirishdi. Futbolchilarimiz kerakli ishni qilib bo'lishdi, hech qanday bosimsiz harakat qilishsa bo'ldi. Chiroyli futbol o'ynab, futbolimiz darajasi yaxshi ekanini ko'rsatishsa bo'ldi. Kuchli raqiblarga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rish odatimiz bor, bu bizni tabiatimizda bor.
– "Nasaf" keyingi bosqichda nimani maqsad qilgan?
– Birinchi maqsad guruhdan chiqish edi. Bu yil kubokka ham yaxshi e'tibor qaratamiz.
– Bu yil futbol klublariga kam mablag' ajratilmoqda, keyingi yillarda bu yanada kamayadi. Siz "Nasaf"ni keyingi 3-5 yil ichida qanday ko'rasiz?
– Biz poydevor yaratib boryapmiz. Tarkibimizdagi 10 ta futbolchi 20 yoshli yigitlar. Keyinchalik muammo boshlansa ham ular bizni jamoamizni mavqeini saqlab qoladi. Oldin ham bunday holat bo'lgan bizda. Bilasizlar, mamlakatimizda futbolga yaxshi e'tibor beriladi. Keyinchalik ham futbolchi qo'llab turadiganlar topiladi. Hammasi yaxshi bo'ladi. Jamoamizda kelajakda bo'ladigan voqeliklarga tayyorgarlik bor. Moliyaviy masalada qiyinchiliklar bor. Biz masala echilishiga ishonamiz. Jamoani kuchaytirish masalasida ijobiy fikr almashdik.
– Tanaffus paytida jamoani biror futbolchi tark etishidan hadik bormi?
– Albatta, hech kim tarkibidagi futbolchi kyetib qolishini istamaydi, ayniqsa hozirgi qiyinchilik paytida. Lekin agarda futbolchini ketishi jamoaga foyda olib keladigan bo'lsa, bu takliflarni ko'rib chiqishimiz mumkin.
![]() | 27.05.2026 00:48 Ўқилди 6594 Ro'ziqul Berdiev: "Sho'rtan"dan yaxshiroq o'yin kutgan edik" |
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5316 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 24.05.2026 00:24 Ўқилди 3798 "Bavariya" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi |
![]() | 24.05.2026 02:44 Ўқилди 3338 Eron FIFA bilan terma jamoa qarorgohini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishdi |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3247 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3096 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 23.05.2026 01:08 Ўқилди 3073 Kongo DR Jahon chempionatiga bora olmasligi mumkin |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2967 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 23.05.2026 23:56 Ўқилди 2719 "Liverpul" Salohning o'rinbosari uchun 170 million evro to'lashga tayyor |
![]() | 26.05.2026 01:32 Ўқилди 2685 "Real" prezidentligiga nomzod Rikelme Valverde va Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuv haqida: "Tizimda nimadir noto'g'ri" |
Реклама
Сайт хақида