Anchelotti Neymarning jarohati haqida fikr bildirdi
30.05.2026 21:11 Ўқилди: 16338
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Neymarning jarohati yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Yaqinda yulduz futbolchi jarohat olgan edi, biroq ungacha Neymar «selesao»ning Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritilgandi.
— Biz Neymar Jahon chempionatidagi Marokashga qarshi birinchi o‘yinga tayyor bo‘lishini kutmoqdamiz. Agar u tayyor bo‘lmasa, ikkinchi o‘yinni kutamiz. Biz tarkibdagi hech kimni almashtirmaymiz, — dedi murabbiy.
Jurnalistning: «Agar Neymar jarohat olganini oldindan bilganingizda, uni Jahon chempionatiga chaqirgan bo‘larmidingiz?» — degan savoliga Anchelotti o‘ziga xos tarzda javob qaytardi:
— Agar bobomning g‘ildiraklari bo‘lganida, u avtomobil bo‘lardi.
Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni Marokash terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.