
O'yindan keyin "Jayxun" bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda "Sho'rtan" jamoasini bugungi yutuq bilan tabriklayman va keyingi bahslarda omad tilayman. O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuv jamoamiz ustunligida kechdi. Har ikkala taymda ustun ekanimizni namoyish etdik, yigitlarga etirozim yo'q. Futbolchilarimizga ozgina tajriba va koncentraciya yetishmadi. Shunday o'yinlarda tajribasizlik pand berib qo'yadi. Maydon yoki ob-havoni bahona qilish kerak emas. O'z oldiga yuksak vazifalarni qo'yadigan jamoa bu gaplarni aytmaydi. Biz ham shu maydonda mashg'ulot o'tkazamiz va uy uchrashuvlarini o'ynaymiz. Borimizni berishga harakat qildik, ozgina omad kelmadi.
- "Jayxun" O'zbekiston Kubogi guruh o'yinlarida ishtirok etib, keyingi bosqichga chiqdi. Shu haqda fikringiz?
- Menga Kubokning formati yoqdi. Uchta yaxshi o'yin o'tkazdik. Kubok orqali Superliga jamoalari bilan o'ynadik. Bu ham yaxshi, bizga tajriba bo'ldi. Taqvimga nazar tashlasak, dam olishga deyarli fursat bo'lmayapti. Ketma-ket o'yinlar o'tkazdik. Proligada ham, Kubokda ham oson jamoani ko'rmadim. "Metallurg", "Sho'rtan", "Qizilqum" - bular yaxshi jamoa.
- Kubokning 1/8 finalida kim bilan o'ynashni xohlaysiz?
- Guruhdan ikkinchi o'rin bilan chiqdik. Bu degani keyingi bosqichni safarda o'tkazamiz. To'g'risi, bizga unchalik farqi yo'q. O'zimga qolsa "Neftchi" bilan o'ynashni xohlardim. Chunki "Neftchi" hozir juda kuchli jamoa va bu jamoaga qarshi maydonga tushish qiziq bo'ladi. Islom Ismoilov rahbarligidagi murabbiylar shtabi ham yaxshi ish olib boryapti.
![]() | 30.05.2026 21:11 Ўқилди 16377 Anchelotti Neymarning jarohati haqida fikr bildirdi |
![]() | 30.05.2026 22:40 Ўқилди 8900 Zayniddin Tojiev: "Kubok 1/8 finalida "Paxtakor" bilan "Nasaf" tushmasa bo'lgani" |
![]() | 30.05.2026 20:56 Ўқилди 6670 LIVE. YCHL finali. PSJ - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.05.2026 00:48 Ўқилди 6651 Ro'ziqul Berdiev: "Sho'rtan"dan yaxshiroq o'yin kutgan edik" |
![]() | 30.05.2026 22:16 Ўқилди 5198 Bobur Abdurahmonov: "Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim" |
![]() | 29.05.2026 01:56 Ўқилди 4920 Jo Koul: "Arne Slot yana bir imkoniyatga loyiq" |
![]() | 30.05.2026 23:48 Ўқилди 4397 Aybek Nurbaev: "Tajribasizlik pand berdi" |
![]() | 28.05.2026 01:08 Ўқилди 3986 Here we go! "Barselona" Gordon transferini hal qildi. Transfer summasi aniq |
![]() | 24.05.2026 00:24 Ўқилди 3825 "Bavariya" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi |
![]() | 24.05.2026 02:44 Ўқилди 3362 Eron FIFA bilan terma jamoa qarorgohini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishdi |
Реклама
Сайт хақида