Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hozirda jamoada yulduzlar emas, balki jamoaviy mas’uliyat muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
«Tajribali futbolchi ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, yosh futbolchi esa kamroq bosim his qilishi kerak. Barchamizning zimmamizda katta mas’uliyat va bosim bor. Xo‘sh, biz nima qilishimiz kerak? Ularni bo‘lishib olishimiz lozim. Bu faqat individual bo‘lishi mumkin emas. Bosim oz bo‘lsa-da kamayishi uchun uni taqsimlashimiz shart. Ba’zan Braziliyada yulduz futbolchi yo‘qligi haqida ko‘p gapiramiz. Ehtimol, bu haqiqatdir, bizda Pele, Romario va Ronaldo yo‘q, lekin biz mas’uliyatni bo‘lisha olamiz», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Goal.
Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatining «C» guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.