Kongo DR bosh murabbiyi: "Tibbiy cheklovlar bizga ta’sir qilgani yo'q. Guruhimizda ikkita favorit bor"
03.06.2026 20:24 Ўқилди: 998
"Portugaliyaga qarshi o'yingacha hali yana 15 kunlik tayyorgarlik bor va biz sekin-asta kuchimizni oshirib boramiz. Aaron Van-Bissaka ham yetib keldi. Klubi futbolchi ustidan FIFAga shikoyat qilgan va u bizga faqat 5 kundan keyin qo'shilishi mumkin edi.
Albatta, biz FIFAning tibbiy tashkilot bilan bog'liq cheklovlariga amal qilyapmiz, shifokorlar FIFA bilan aloqada. Ochig'ini aytsam, bizda boshqa yig'inlar kabi mutlaqo oddiy yig'in o'tmoqda. Barcha o'yinchilar Yevropadan kelishdi, mahalliy xodimlar chiqish muddatlariga rioya qilishdi, shuning uchun bu bizning kundalik hayotimizga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi.
Bizda doimo turli g'oyalar bor. Bunday musobaqaga kelganimizda, taktik jihatdan o'yinchilar bir nechta tizimlarni o'zlashtirishi kerak. Bu ham bazi vaziyatlarga moslashish, kuchlar nisbatini to'g'ri baholash, ham raqibni hayratda qoldirish yoki hujum va mudofaada turlicha harakat qilish uchun juda muhim. Raqib uchun iloji boricha oldindan aytib bo'lmaydigan jamoa bo'lishimiz kerak. Jahon chempionatida bizdan FIFA reytingida yuqorida turuvchi va favorit sanaluvchi ikkita jamoa bilan bir guruhdamiz. Shuning uchun o'yin davomida biz taklif qiladigan narsalar kunning holatiga va o'yinning borishiga bog'liq bo'ladi. Murabbiy va o'yinchi sifatida ushbu elementlarni to'g'ri boshqarish qiziqarli. Bizda allaqachon ishlab chiqilgan o'yin rejalari bor va ular ustida texnik-taktik mashg'ulotlarda ish olib boramiz", dedi 49 yoshli fransiyalik mutaxassis.