Lionel Messi 2026 yil yakunlariga ko'ra sport sohasida Asturiya malikasi mukofotiga sazovor bo'ldi
03.06.2026 18:56 Ўқилди: 562
Mukofot sohibini aniqlashda etti karra paralimpiya chempioni Tereza Perales boshchiligidagi hakamlar hayati qaror qabul qildi. Bu yilgi mukofot uchun 12 mamlakatdan 27 nafar nomzod ko'rsatilgan edi. Tereza Perales futbolchini "ko'zni qamashtiruvchi istedod", ulkan xayriya faoliyati hamda maydondagi o'rnak bo'larli xulq-atvori, kamtarligi va jamoaga bo'lgan sadoqati uchun yuksak baholadi. Messi Asturiya malikasi mukofotini individual tarzda olgan birinchi futbolchi bo'ldi. Ma'lumot uchun: Asturiya malikasi mukofoti 1980 yildan buyon har yili sakkizta yo'nalishda topshiriladi, sport yo'nalishi esa 1987 yildan beri mavjud. Avvalroq ushbu mukofotga 2010 yilda Ispaniya terma jamoasi, 2012 yilda esa Iker Kasilyas va Xavi sazovor bo'lgan.