Islom Ismoilov: "Qur'adan oldin "Paxtakor" tushishini istagan edim"
02.06.2026 20:32 Ўқилди: 844
Shubhasiz, mazkur bosqichning markaziy qarama-qarshiligi "Neftchi" va "Paxtakor" o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu to'qnashuv final oldidan final maqomini oladi.
Biz qur'a natijalari haqida farg'onaliklar ustozi Islom Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Qur'adan oldin o'zim ham "Paxtakor" tushishini xohlayotganimni aytib o'tgandim. Sababi bu yil hisobidan "Paxtakor" bilan yana bir bor o'z uyimizda o'ynash uchun bu yaxshi imkoniyat edi. Xudo xohlasa, muxlislarimiz oldida bu yilgi mag'lubiyat uchun revansh olamiz. Albatta, bu final oldidan bo'lib o'tadigan katta miqyosdagi uchrashuvdir. O'ylaymanki, bu bahsda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olamiz”, – dedi murabbiy.