Manbaning xabariga ko'ra, 25 yoshli italiyalik futbolchi tez orada transfer qilinishi kutilmoqda. U A Seriyadagi eng iqtidorli darvozabonlardan biri hisoblanadi.
Karnesekki "Atalanta"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Darvozabon 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 50 o'yinda 56 ta gol o'tkazib yubordi va 17 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.