Embolo Shveysariya terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga uchib keta olmadi
02.06.2026 18:33 Ўқилди: 437
Shveysariya terma jamoasi hujumchisi Brel Embolo JCH-2026 oldidan kutilmagan muammoga duch keldi. Terma jamoa matbuot xizmati xabar berishicha, forvard mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma bilan bog‘liq muammolar tufayli jamoadoshlari bilan birga AQSHga uchib keta olmadi.
Futbolchining ESTA (elektron sayohat ruxsatnomasi) hujjati ertalab tasdiqlangan edi, biroq keyinroq Amerika rasmiylari hujjatni qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilishdi. Hozirda Shveysariya tomoni tegishli xizmatlar bilan aloqada bo‘lib, Embolo yaqin sutka ichida jamoaga qo‘shilishiga umid qilmoqda.
Shveysariya terma jamoasi seshanba kuni Jahon chempionati vaqtida qarorgoh sifatida foydalanadigan San-Diyego shahriga jo‘nab ketdi.