
Franciya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan himoyachi Samyuel Umtiti agar 10 sentyabrgacha yangi klub topa olmasa, futbolchilik faoliyatini yakunlash niyatida. Bu haqda francuz nashri L'Equipe xabar berdi.
Malumotlarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi Franciya, Italiya, AQSH va Yaqin Sharq mamlakatlaridan takliflar olgan, ammo ular sport nuqtai nazaridan uni qoniqtirmagan. Umtiti faqat bir necha oylik shartnoma uchun jamoaga qo'shilishni istamaydi — u haqiqiy o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan loyihani izlamoqda.
Futbolchi iyul oyidan beri klubsiz qolgan, chunki u "Lill" jamoasini tark etgan. 2024 yilning yanvaridan beri u tizzasidagi jarrohlik amaliyoti sabab maydonga tushmagan, ammo hozirda to'liq tiklangani aytilmoqda.
Umtiti Franciya terma jamoasi safida 31 o'yin o'tkazgan va 4 ta gol urgan. U 2018 yilda milliy jamoa bilan Jahon chempioni bo'lgan. Shuningdek, u “Barselona” tarkibida ikki marta Ispaniya chempioni, uch marta Qirol kubogi va ikki marta Superkubok sohibi bo'lgan. Ilgariroq "Lion" va "Lechche" jamoalarida ham to'p surgan.
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14408 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14388 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13644 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13588 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11235 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9623 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8500 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8439 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6123 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 30.09.2026 17:40 Ўқилди 5895 Fabio Kannavaro: "Kelinglar, futbol atrofidagi narsalar haqida emas, o'yin haqida o'ylaylik. Nima uchun sizni bunday narsalar qiziqtiradi?" |
Реклама
Сайт хақида