Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 19 yoshli ispaniyalik futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida "Elche"da o'ynaydi. Yosh himoyachi yangi jamoasida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.
Ektor Fort o'tgan mavsum "Barselona" tarkibida Ispaniya chempionatida 17 ta o'yin o'tkazib, 2 ta sariq kartochka olgan.
Eslatib o'tamiz, La Liga yangi mavsumining dastlabki 3 turidan so'ng "Elche" 5 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.