"Manchester Siti" markaziy himoyachisini sotib yubordi
22.08.2025 01:24 Ўқилди: 597
21 yoshli markaziy himoyachi "Reksxem" bilan 2029 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Ben Jeykobsning malumotiga ko'ra, "Siti" ushbu transferdan 7,5 million evro ishlab oladi. Undan tashqari klub o'z tarbiyalanuvchisining keyingi sotuvidan 25 foiz mablag' qabul qilib oladi.
Doyl o'tgan mavsumni "Norvich"da ijarada o'tkazdi va 40 o'yinda 1 gol va 8 assist qayd etdi.