Misrlik futbolchi faoliyatida uchinchi marta ushbu sovrin bilan taqdirlandi. Avvalroq u 2017/18 va 2021/22 yilgi mavsumlar yakunida eng yaxshi deb topilgandi.
Shu tariqa, Saloh Angliya professional futbolchilar uyushmasi tomonidan uch marta taqdirlangan ilk futbolchiga aylandi. Unga qadar hech kim uch marta Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilmagandi.