"Barselona" futbolchisi klub bilan shartnomani bekor qilishga kelishib oldi
21.08.2025 15:16 Ўқилди: 537
"Marca" xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi Kataloniya klubi rahbariyati bilan kelishuvni bekor qilishga kelishib olgan. Tomonlar hali bir nechta tafsilotlarni hal qilishari kerak. Shundan so'ng Romeu erkin agentga aylanadi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum "Jirona" safida ijarada o'ynadi va La Ligada 25 o'yin o'tkazib, 5 ta sariq kartochka olgan.
Eslatib o'tamiz, Oriol Romeu "Barselona"ning asosiy jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 39 o'yinda qatnashgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.