
- Bir oylik tanaffusdan keyin yana futbolga qaytdik va bugun ikkinchi davrani boshladik. Mavsumning ikkinchi yarmini g'alaba bilan boshlashni maqsad qilgandik. Bugungi yutuqdan xursandmiz. Yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildik va eng muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik.
- Ikkinchi davra oldidan jamoangizda yuz bergan o'zgarishlarga to'xtalsangiz.
- Biz uncha ko'p transfer qilmadik. Darvozabon va ikki nafar himoyachini taklif etdik. Yarim himoya va hujum chizig'iga futbolchi chaqirmadik, chunki o'zimizning tarkibdagi futbolchilardan ko'ngil to'q.
- "Buxoro" Kubok o'yinida OKMKni musobaqadan chiqarib yuborgandi. Bugun esa chempionatda jamoangiz g'alaba qozondi.
- Esimda, o'shanda o'z xatolarimiz tufayli mag'lub bo'lgandik. Lekin men hech qachon o'yin ajratmayman, biz uchun Kubok ham, chempionat ham muhim. Faqat futbolda doim yutishning imkoni yo'q. Bugun o'sha mag'lubiyat uchun qasos oldik deb o'ylamayman, maydonga chiqib faqat uch ochko uchun o'ynadik.

- Darvozabon Xumoyunshoh Sayyotovning ketishi nima bilan bog'liq?
- U ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun ketishni xohladi. Bilasiz, darvozabonlar hadeb almashavermaydi, buniyam to'g'ri tushunamiz. Afsuski, Xumoyunshoh jamoamizda o'zini ko'rsata olmadi. Shu bois uning o'rniga Hamidullo Abdunabievni taklif etdik.
- Ikkinchi davra oldidan rahbariyat tomonidan vazifa qo'yildimi?
- Vazifa har doim yuqori bo'lgan, qolaversa men ham o'zimga nisbatan talabchan bo'lganim uchun doim yuqori maqsadlarni qo'yaman. Kerak bo'lsa chempion bo'lishni xohlaymiz. Nasib qilsa bu ham bo'ladi.
- Maydonda yotib o'yinni cho'zadigan jamoalarga qarshi nima qilsa bo'ladi?
- Buning yo'li oson: tezkor gol urish kerak. Shunda vaqt cho'zmasdan futbol o'ynaydi.
![]() | 08.04.2026 00:16 Ўқилди 25186 Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q" |
![]() | 07.04.2026 23:32 Ўқилди 15472 Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10706 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7189 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7133 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 6970 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 04.04.2026 18:48 Ўқилди 5498 "Surxon" - "Buxoro". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 12.04.2026 21:48 Ўқилди 4717 "Sho'rtan" "Kattaqo'rg'on"ni taslim etgan o'yindan FOTOGALEREYA |
![]() | 08.04.2026 23:48 Ўқилди 4544 Andrey Shipilov: “Validol”li o'yin bo'ldi. Penalti belgilangan vaziyatda 12 daqiqa davomida o'rnimdan ham turmadim” |
![]() | 09.04.2026 00:40 Ўқилди 4284 Vadim Abramov: "Menga tez-tez o'yinlar bo'layotgani yoqyapti, shunday davom etsa ham mayli" |
Реклама
Сайт хақида