
"Birinchi navbatda muxlislarga va viloyatimiz hokimiga rahmat aytamiz. Futbolchilar bugun o'zlarini eng yaxshi tomonlama ko'rsatishdi. "Bunyodkor" yaxshi jamoa va ajoyib murabbiyga ega. Shuning uchun uchrashuvga jiddiy yondashgan edik. Rejamiz ham ish berdi", - dedi Islom Ahmedov.
- Tanaffusda naqd to'rtta o'zgarishga qo'l urdingiz. Buning sababi nimada? Hujum chizig'idagi tanlov ko'pligidami?
- "Bunyodkor" o'z uslubiga ega jamoa. Ularga har doim bosim qilib turmasangiz, qiynalib qolasiz. Birinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilar doim raqibga bosim qilishlari kerak edi. Yigitlar esa ko'rsatmani a'lo darajada bajarishdi. 30 daqiqaga kelib esa yigitlarda charchoq alomatlari sezildi. Shundan so'ng ikkinchi bo'lim uchun yangi futbolchilarni maydonga tushirdik.
- Qishda Boakeni olib kelish ancha cho'zilib ketgan edi. Gap so'zlarga qaraganda uning oylik maoshi ham ancha yuqori. Boake so'nggi bor "Mashal"ga qarshi o'yinda gol urgan edi. Uning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Martinni qanday jamoaga kelgani haqida bilmayman. Muzokaralarda ishtirok etmaganman. U yaxshi hujumchi. Undan to'g'ri foydalansak foyda keltiradi. Havoda yaxshi o'ynaydi. Birinchi bo'limda qanotlardan Martinga pas berishni reja qilgandik. Rejamiz shu edi.
- "Bunyodkor" "Andijon" uchun eng noqulay raqiblardan biri ekan. Lekin Xomyakov, Shorahmedov va mana bugun siz "Bunyodkor"ni mag'lub etdingiz. Ushbu g'alabalarning siri nimada?
- Statistikaga e'tibor bermagandim, ochig'i. Faqat o'yin haqida o'ylayotgandik. Bilmadim, siri nimada ekan. Raqibni to'g'ri o'rganib chiqib. Imkon qadar raqibga o'yin bermaslikka harakat qildik.
- Eldor Adhamov jamoaga kelganingizdan beri tarkibdan o'rin olmoqda. U maydonga boshqa futbolka kiyib tushayapti. Hakamlar esa uni ogohlantirmoqda. Ushbu vaziyatga oydinlik kirita olasizmi?
- Balki ushbu libos unga qulay bo'lsa kerak. Futbolchilarimizda rangi bir-biriga mos tushadigan liboslar bor.
- "Andijon" jamoasining hujum chizig'i haqida gapirib o'tildi. Bekzod Sulaymonovga imkoniyat beryapsiz. O'rinbosarlar jamoasida Hamidullo Karimov ham yorqin o'yin namoyish etmoqda. U hozirgi kunda U21 chempionatida eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi. Karimovni ham Sulaymonov kabi yaqin orada asosiy jamoa tarkibida ko'rishimiz mumkinmi?
- Menga to'rt o'yinga imkoniyat berishdi. Qancha vaqt davomida jamoani boshqarishim hali aniq emas. Avval jamoadagi kelajagim bo'yicha bir to'xtamga kelib olaylik, keyin o'rinbosarlar jamoasi bilan ham ishlashni boshlaymiz. O'rinbosarlar jamoasini har doim kuzatib boraman. Karimov yaxshi iqtidor. Ularni sekin-astalik bilan tarkibga jalb etamiz.
- O'tgan mavsum "Andijon FA" jamoasida faoliyat olib borgan edingiz. "Andijon"da yoshlar jamoasidan yana qaysi futbolchilarni ko'rishimiz mumkin?
- O'tgan yili birinchi ligada o'ynagan jamoadan 8 nafar futbolchi o'rinbosarlar jamoasiga o'tdi. Ularni ham sekin-astalik bilan jalb qilib boramiz. Yaxshi o'yin namoyish etayotgan yigitlar ko'p.
- Samvel Babayan omadimiz kelmayapti. Omadsizlik bizni taqib etmoqda, deb bir necha marotaba aytgan edi. Yomon natijalar ham jamoaning ruhiy holatiga ta’sir qilgani aniq. Bugungi g'alaba jamoaning ruhiy holatini yaxshilay oldimi?
- Bu g'alabaning ortida katta mehnat yotibdi. Murabbiylar shtabi, doktorlar, uqalovchilar, texnik shtab, mamurlar va barcha xodimlar. Qator mag'lubiyatdan so'ng tushkunlikka tushib qolgandik. Birinchi navbatda ruhiy holatni yaxshilash kerak edi. Mashg'ulotlarda ichki raqobatni kuchaytiryapmiz. Qo'qondagi durang va bugungi g'alaba bizga yanada ko'proq ishonch beradi.
- Abdurahmon Komilov, Sardor Azimov va Abduvohid G'ulomov yil boshidan buyon o'rinbosarlar jamoasida o'ynayapti. Ular asosiy jamoaga qaytadimi yoki jamoani tark etadimi?
- Barcha futbolchi bilan ishlash rejamda bor. Ular jamoa bilan birga mashg'ulot olib bormoqda. Men jamoani qo'lga olganimga ikkita o'yin bo'ldi. Kelajakda, jamoada qolsam, ular bilan ishlaymiz. Shunchaki o'yin amaliyoti uchun o'rinbosarlar jamoasida to'p tepishmoqda. Mashg'ulotlarda esa ular asosiy jamoa bilan.
![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21402 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 16082 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15227 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12261 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6607 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 25.04.2026 03:32 Ўқилди 5746 Islom Ahmedov: "Menga to'rtta o'yinga imkoniyat berishdi. G'alaba ortida katta mehnat yotibdi" |
![]() | 21.04.2026 00:48 Ўқилди 4802 UEFA o'smirlar ligasi. "Real Madrid" finalda "Bryugge"ni mag'lub etib, chempionlikka erishdi |
![]() | 16.04.2026 02:22 Ўқилди 4152 Infantino: «Eron JCH-2026da ishtirok etishi shart, sport siyosatdan xoli» |
![]() | 16.04.2026 01:40 Ўқилди 3648 Mbappe - rekordchi! Kilian YCHL tarixida bir mavsumda safarda 10 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi |
![]() | 19.04.2026 21:24 Ўқилди 3458 Superliga. 9-turda ishlaydigan rasmiylar |
Реклама
Сайт хақида