
"Mavsumdagi eng yomon o'yinmiz bo'ldi. Ikki bo'limda ham yaxshi o'ynamadik. G'alabaga loyiq emas edik. Shunday bo'lib chiqdi", - deya gap boshladi Kamoliddin Tojiev.
- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar bugun o'yinga katta ta’sir o'tkaza olmagandek tuyuldi. Ular o'yinni buzdi demayman, ammo kuchaytira olmagandek ko'rindi. Ushbu fikrga qo'shilasizmi?
- Bugun hech kim o'z darajasidagi o'yinni namoyish eta olmadi.
- Hamdamov ajoyib formada. Hozir uni markaziy hujumchi sifatida o'ynatyapsiz. Turdimurodov va Parjishek kabi hujumchilar zaxirada qolib, nega Hamdamov hujumda o'ynamoqda?
- Polshalik futbolchining sport formasi yaxshi emas. U maydonga tushsa ham, jamoaga etarlicha yordam bera olmaydi. Rustam bo'lsa endigina jarohatdan forig' bo'ldi.
- "Paxtakor" 2:1 hisobida oldinga o'tib olganidan so'ng katta kuch bilan oldinga o'ta boshladi va qarshi hujumda gol o'tkazib yubordi. Aksariyat jamoalar esa hisobda oldinga chiqib olganidan so'ng ko'proq himoyalanib, to'pni nazorat qilishga intiladi. Nega jamoa g'alaba qozonib turganida o'yinni hisob bo'yicha o'ynamasdan, yana hujumga boraverdi?
- Buni tahlil qilib chiqamiz. Yigitlarga 3-4 daqiqa qolganini aytgandik. Bilmayman nega, yana borib gol urmoqchi bo'ldik. Keyin esa yana gol o'tkazib yubordik. G'alabani ushlab qolishimiz kerak edi.
- "Buxoro" va "Neftchi" bilan o'yinda jamoa hisobga oldinga chiqib olganidan so'ng to'g'ri himoyalangan edi. Raqiblar esa deyarli hech qanday vaziyatga ega bo'lmagandi. Bugun esa ikkinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasida jamoa to'liq hujumga zo'r berdi. Shundan so'ng Ro'ziqul Berdiev Zafarmurod Abdirahmatovni Hojiakbar Alijonovga qarshi "personal" tarzda o'ynata boshladi. Bugun "Paxtakor"ga biroz "pragmatizm" yetishmagandek...
- Bugun yomon o'ynadik. "Neftchi" va "Buxoro" hech qanday vaziyat yarata olmagandi. Bilmayman, bugun bizga nima bo'ldi? O'zimizning o'yinimizni ko'rsatmadik. Yigitlarning o'yini chiqmadi.
- Balki charchoq alomatlari bunga sabab bo'lgandir?
- Charchoq ham. 7-8 nafar futbolchimiz har o'yinda maydonda. Bularni tahlil qilib chiqamiz. Bugun ko'p epizodlarda kech qoldik.
- Bugungi maydon juda namdek tuyuldi. To'p bilan muomala qilish qiyinroq bo'lgandek...
- Har doim maydonga aynan bir miqdorda suv sepamiz.

![]() | 25.04.2026 03:32 Ўқилди 5866 Islom Ahmedov: "Menga to'rtta o'yinga imkoniyat berishdi. G'alaba ortida katta mehnat yotibdi" |
![]() | 21.04.2026 00:48 Ўқилди 4907 UEFA o'smirlar ligasi. "Real Madrid" finalda "Bryugge"ni mag'lub etib, chempionlikka erishdi |
![]() | 27.04.2026 01:48 Ўқилди 4317 A Seriya. "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi |
![]() | 26.04.2026 01:40 Ўқилди 4251 "BuxDU" bosh murabbiyi Azamat Sharipov: "Proligada istalgan jamoa bizga hujum qilyapti" |
![]() | 30.04.2026 00:16 Ўқилди 4158 Toni Kroos "Real"ga qaytmoqda? Klub afsonaga muhim lavozim tayyorlab qo'ygan |
![]() | 29.04.2026 00:32 Ўқилди 4092 Rasman: Futbolda inqilob! Endi og'zini yopib haqorat qilgan va maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi |
![]() | 29.04.2026 01:16 Ўқилди 3543 Ulug'bek Bakaev: "Hisobni yanada yiriklashtirishimiz ham mumkin edi" |
![]() | 29.04.2026 00:16 Ўқилди 3313 Superliga. “So'g'diyona” – “Surxon” 5:2 |
![]() | 28.04.2026 23:56 Ўқилди 3308 "Real" yangi murabbiy borasida 4 ta nomzoddan birini tanlaydi: Mourinyuning "narxi" ma'lum |
![]() | 29.04.2026 03:56 Ўқилди 3106 Kamoliddin Tojiev: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. G'alabaga loyiq emas edik" |
Реклама
Сайт хақида