Asosiy vaqtda g'olib nomi aniqlanmagach (1:1), jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Lotereyada esa omad madridliklarga kulib boqdi - 4:2.
Ushbu g'alaba "Qirollik klubi" uchun turnir tarixidagi ikkinchi chempionlik bo'ldi. Madridliklar ilk bor 2020 yilda ushbu sovringa ega chiqishgan edi. Ma'lumot uchun, ushbu turnirda chempionlik bo'yicha rekord "Barselona"ga tegishli bo'lib, kataloniyaliklar hisobida 3 ta titul mavjud.