"Napoli" "Yuventus" yarim himoyachisini safiga qo'shib olmoqchi
01.08.2025 16:24 Ўқилди: 126
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, Neapolitan klubi 21 yoshli italiyalik futbolchini tarkibga qo'shib olishga yaqin turibdi. "Napoli" rahbarlari yarim himoyachi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini deyarli kelishib oldi, Italiyaning amaldagi chempionlari u uchun 12-14 million evro to'laydi.
Qayd etish joiz, Miretti o'tgan mavsum ijara asosida "Jenoa" safida o'ynadi.
Fabio Miretti yakunlangan mavsum "Genuya griffinlari" safida Italiya chempionatida 25 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.