10 iyun kuni Falastin terma jamoasi Iordaniya mamlakatida Jahon chempionati saralashining 10-turi doirasida O‘mon termasini qabul qildi.
Ushbu bahsdagi g‘alaba Falastin termasini Jahon chempionati saralashining 4-bosqichiga olib chiqishi bilan ahamiyatli edi. Amalda ham jamoa o‘yinning asosiy qismida O‘mon ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib turgandi. Bahsning so‘nggi daqiqalarida, O‘mon termasi penalti zarbasidan hisobni tenglashtirishga erishdi.
Aynan ushbu penalti sabab Falastin terma jamoasi hakamlar ustidan FIFAga shikoyat qildi. Ularning fikricha, bu vaziyat penaltiga tortmaydi va ushbu holat bevosita o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazgani sabab bahs qaytadan o‘tkazishi kerak.