Ekvador terma jamoasi muddatidan avval JCH-2026 final bosqichiga yo‘l oldi.
Saralash turnirining 16-turida ekvadorliklar Peru bilan mehmonda durang o‘ynadi (0:0). Eslatib o‘tamiz, Ekvador 75-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Ushbu hisobni saqlab qolgan Ekvador qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Braziliyani ortda qoldirib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ayni paytda besh karra chempionlar ham saralash tugashiga ikki tur qolganda jahon chempionatiga chiqish masalasini hal qilishdi.
Janubiy Amerikadan jahon chempionatida qatnashadigan uchinchi jamoa amaldagi jahon chempioni hisoblangan yetakchi Argentina hisoblanadi.