Argentina JCH-2026 saralashida Kolumbiya bilan durang o‘ynadi
11.06.2025 07:55 Ўқилди: 177
Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Kolumbiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yin Buenos-Ayresdagi "Monumental" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida kolumbiyalik hujumchi Luis Dias hisobni ochdi. 70-daqiqada Enso Fernandes qizil kartochka olgani uchun argentinaliklar bir kishi bilan qolib ketishdi. Biroq mezbonlar bir kishi kam bo‘lib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi, 81-daqiqada Tiago Almada gol urdi.
Argentinaliklar hisobida 35 ochko bor va Janubiy Amerika saralash turnirida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Jamoa 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichiga yo‘l olishini allaqachon kafolatlagan. Kolumbiyaliklar 22 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.