
Bu haqda jurnalist Nikolas Vinyaski WiFi dasturi efirida ma'lum qildi. Jurnalist Argentina terma jamoasi sardorining mahalliy futbol rahbariyatidan uzoqlashishga qaror qilishiga sabab bo'lgan kelishmovchiliklar haqida batafsil so'zlab berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Messi AFA'ga turli tijorat loyihalarida uning ismi va tasviridan foydalangani uchun rasmiy etiroz yuborish maqsadida o'z advokatlariga murojaat qilgan.
"Argentina futbolining bosh yulduzi Klaudio Tapiya va AFA g'aznachisi Pablo Tovidjino bilan shaxsiy hamda ishbilarmonlik munosabatlarini uzishga qaror qildi. U yuristlarga AFA'dan Argentina futboliga aloqasi bo'lmagan biznesdan foyda olish uchun uning obrazidan foydalanishni to'xtatishni talab qiluvchi rasmiy xat tayyorlashni topshirdi", - dedi Vinyaski.
Jurnalist, shuningdek, AFA rahbariyatining qarori tufayli Messining asosiy xalqaro homiylaridan biri bilan yuzaga kelgan muammolar haqida ham xabar berdi. Futbolchi Amerikaning Michelob pivo brendi bilan eksklyuziv reklama shartnomasi asosida hamkorlik qiladi va uning mahsulotlarini taqdim etadi.
Biroq Vinyaskining so'zlariga ko'ra, milliy terma jamoaga homiylik qiluvchi Argentina kompaniyasi jamoa bilan bog'liq reklama kampaniyasida Messining tasviridan foydalangan. Bu xalqaro hamkorning noroziligiga sabab bo'lgan va uning vakillari futbolchining yaqinlari bilan bog'lanib, tushuntirish talab qilishgan.
"Messi bu haqda hech narsa bilmagan. Bunga kim ruxsat bergan? Futbolchining boshqa, amerikalik pivo ishlab chiqaruvchisi bilan eksklyuziv kelishuvi borligiga qaramay, Klaudio Tapiya argentinalik pivo homiysiga Messining tasviridan foydalanish huquqini bergan", - deya qo'shimcha qildi jurnalist.
Messi 2026 yil oktyabr oyida Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13392 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10515 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 8362 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8266 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 3744 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 09.11.2026 19:56 Ўқилди 3694 Kasilyas o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sababli o'g'illarini "Real" akademiyasidan olib ketdi |
![]() | 12.11.2026 20:48 Ўқилди 3505 U19. "Lokomotiv", RFA hamda "Mashal" chorak finalga yo'l oldi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3336 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3149 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2656 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
Реклама
Сайт хақида