
"Bunday vaziyatda tanqid bo'lishi tabiiy. Braziliya jahon chempioni bo'lmaganiga ancha bo'ldi, so'nggi mundialda esa musobaqani erta tark etdik. Muxlislar turnirni 4 yil kutishadi, biz esa butun mamlakat ishonchini oqlay olmadik. Ammo men Ronaldinyo va Ronaldo bilan tez-tez ko'rishib turaman, ular bizni doim qo'llab-quvvatlashadi. Bizga chin dildan yaxshilik tilaydigan insonlarga quloq solishimiz kerak.
Muxlislarning o'zi yangi chehralarni talab qiladi, murabbiy ularni chaqirsa, baribir norozilar topiladi. Barqaror o'yin uslubini shakllantirmagunimizcha qiyinchiliklarga duch kelaveramiz. Maqsadimiz - Amerika Kubogigacha eng yuqori formaga chiqish.
16 yoshimdan, yani "Real"ga o'tganimdan beri tanqidlar ostidaman. Ilgari o'rtoqlik o'yinlariga oddiy bahsdek qarardim, lekin terma jamoada har bir o'yin mundial bilan teng ekanini anglab etdim. Keyingi Jahon chempionatida 30 yoshda bo'laman, tajribam yanada ortadi. Muxlislar esa toki g'alaba qozonishni boshlamagunimizcha bizni tanqid qilaverishadi", – deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi “Globo”.
Eslatib o'tamiz, 14 noyabr kuni Braziliya o'rtoqlik o'yinida Yaponiyaga 2:3 hisobida yutqazdi (Vinisius dubl qayd etdi). JCH-2026da esa braziliyaliklar 1/8 finaldayoq ishtirokini yakunlagan edi.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13386 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10515 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 8356 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8263 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 3741 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 09.11.2026 19:56 Ўқилди 3691 Kasilyas o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sababli o'g'illarini "Real" akademiyasidan olib ketdi |
![]() | 12.11.2026 20:48 Ўқилди 3502 U19. "Lokomotiv", RFA hamda "Mashal" chorak finalga yo'l oldi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3333 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3143 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2650 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
Реклама
Сайт хақида