Ronaldu va boshqalar Globe Soccer Awards talqiniga ko'ra Yaqin Sharqning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga nomzod bo'ldi
19.11.2026 07:56 Ўқилди: 33
Nomzodlarning yakuniy qisqa ro'yxatiga 10 nafar futbolchi kiritildi: Joau Feliks, Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu (barchasi - "Al Nacsr"), Musab Al-Juvayr, Xulian Kinones (ikkalasi - "Al Qodisiya"), Yassin Bunu, Ruben Nevesh (ikkalasi - "Al Hilol"), Eduard Mendi, Ayvan Toni (ikkalasi - "Al Ahli"), Sufyon Raximi ("Al Ayn").
Globe Soccer Awards - yil yakunlariga ko'ra eng yaxshi o'yinchilar, murabbiylar, klublar, agentlar va boshqa futbol arboblari taqdirlanadigan yillik futbol mukofoti. Taqdirlash marosimi ananaviy tarzda dekabr oyi oxirida BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi.