Messi AFA'dan o'z ismidan tijoriy maqsadlarda foydalanishni to'xtatishni talab qiladi
18.11.2026 02:24 Ўқилди: 19
Messi o'z obrazini Argentina futboli rahbariyati bilan bog'lashni istamaydi.
Lionelning atrofidagilar yuridik xabarnoma tayyorlashmoqda va federatsiyadan futbolchining ismi hamda suratlaridan tijoriy maqsadlarda foydalanishni to'xtatishni talab qilishadi. Bunday foydalanish Messining xalqaro homiylar bilan munosabatlariga putur etkazishi mumkin.
Bunday qarorga kelishga federatsiya atrofidagi moliyaviy janjallar hamda uning argentinalik yulduzning tijoriy hamkorlari bilan yuzaga kelgan ziddiyatlari sabab bo'lgan.