
“Futbolchilarim uchun va ushbu g'alabadan juda ham xursandman. Chunki Rossiya terma jamoasidan uchralgan alamli mag'lubiyatdan so'ng - o'sha bahsda yaxshi o'ynaganimizga qaramay, o'yin oxirida imkoniyatni boy bergandik - ichki muhitimizda biroz tushkunlik kayfiyati bor edi. Bugun tarkibimizda bir qator jiddiy yo'qotishlar bo'lishiga qaramasdan, yigitlardan maydonda yaxlit jamoa sifatida harakat qilishni so'radim. Futbolchilarimiz chindan ham bir jamoa bo'lib o'ynashdi va Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan birini mag'lubiyatga uchratishdi. Birinchi bo'limda juda ajoyib o'yin namoyish etdik.
To'g'ri, raqib safidagi qizil kartochkadan so'ng futbolchilarimiz yana to'xtab qolishdi - bu birinchi marta kuzatilayotgan holat emas. Shu bois bazida futbolda bir o'yinchi ko'p bo'lib o'ynagandan ko'ra, teng tarkibda yoki hatto bir kishi kam bo'lib harakat qilishni afzal ko'raman. Chunki kamchilikda qolganda futbolchilar ko'proq xarakter va shijoat ko'rsatishadi, ko'pchilik bo'lib qolganda esa xotirjamlikka berilishadi. Raqibimizning saviyasini va ular o'n kishi bo'lib ham xavf tug'dira olishini bilganim uchun maydon chetida biroz xavotirlandim va yigitlarni oldinga undashga harakat qildim. Shunga qaramay, futbolchilarimdan mamnunman: bugun ularning barchasi oxirigacha yugurdi, kurashdi va ushbu g'alabaga to'liq munosib bo'ldi”, - deya fikr bildirdi Fabio Kannavaro.
- Avvalo sizga va butun jamoaga g'alaba muborak bo'lsin. Haqiqatan ham bu g'alaba futbolchilarga ruhiy muhitni tiklab olish uchun juda zarur edi. Ijozat bersangiz, ikkita savolim bor edi. Birinchisi: Abbosbek Fayzullayevning ahvoli qanday, hozir uning salomatligi bo'yicha biror xabar bormi? Ikkinchisi: o'tgan safar Rossiya bilan o'yinda ham, bugun Saudiya Arabistoniga qarshi bahsning ikkinchi bo'limi o'rtalarida ham, o'zingiz takidlaganingizdek, O'zbekiston terma jamoasi tempni pasaytirib, to'xtab qolgandek ko'rindi. Bu o'ziga xos bir o'xshashlikmi yoki shunchaki tasodif?
- Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o'yinlarning ikkinchi bo'limi umuman bir-biriga o'xshamas, ammo bugungi bahsda bunga raqibimiz olgan qizil kartochka asosiy sabab bo'ldi. Bilasiz, futbolda raqib jamoa bir o'yinchi kam bo'lib qolsa, ularning har bir futbolchisida motivaciya ikki hissa oshadi, o'zini ko'rsatish va sherigining o'rnini bilintirmaslik uchun yanada kuchliroq o'ynashga harakat qiladi. Bir o'yinchi ko'p bo'lib qolgan jamoadan esa aksincha - aqlli, sabrli o'ynash va to'pni nazorat qilish talab etiladi. Murabbiy sifatida raqibning o'n kishi bo'lib qolishi menga unchalik yoqmaydi, chunki futbolchilar o'yinni yutdik deb o'ylab qolishadi va bu juda xavfli vaziyatni yuzaga keltiradi.
Biroq bugun g'alaba qozonish muhim edi. Agar har ikkala uchrashuvga - Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi bahslarga e'tibor qaratsak, juda yaxshi shakllangan jamoani ko'rdik. Ikkala o'yinda ham uchrashuv tizginini nazorat qilishga intildik, hujumda ko'plab ijobiy harakatlarni amalga oshirdik, oldinga intilib, chiziqlar orasida ochilishga harakat qildik. Eng muhimi - men kelganimdan buyon raqib kim bo'lishidan qati nazar, barchaga qarshi o'z o'yinimizni o'tkazishga intilyapmiz. Avvallari O'zbekiston terma jamoasi ko'proq ehtiyotkor futbol namoyish etib, asosiy e'tiborni himoyaga qaratgan va o'z vaziyatini kutib o'ynagan. Ammo menga bunday uslub yoqmaydi - men jamoam o'yinni o'z nazoratida ushlashini va ko'plab xavfli vaziyatlar yaratishini xohlayman.
- O'zingiz o'tmishda juda kuchli himoyachi bo'lgansiz va katta tajribaga egasiz. Nima uchun hozir himoyamiz markazida asosiy yetakchi o'yinchilar yo'qligida biz baribir qo'pol xatolarga yo'l qo'yyapmiz? Buni bartaraf etish uchun o'sha yetakchilarning safga qaytishi shartmi yoki tizimli ish orqali buni to'g'rilasa bo'ladimi?
- Milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash oson emas, chunki futbolchilaringni sog'inasan - ular bilan har kuni shug'ullanishni xohlaysan, ammo terma jamoada bunday imkoniyat bo'lmaydi. Har kuni maydonda birga ishlab, xatolar ustida muntazam shug'ullanish uchun vaqt juda kam. Shu bois har gal yig'in o'tkazganimizda o'z tajribamni futbolchilarga imkon qadar ko'proq o'rgatishga harakat qilaman, biroq buning uchun vaqt kerak. Vaqtim ko'proq bo'lganida, ularga yanada ko'proq narsa bera olgan bo'lardim. Meni quvontiradigan eng asosiy jihat - himoyachilarimiz o'rganishni juda xohlashadi, ularda o'sishga va yangi bilimlarni o'zlashtirishga ishtiyoq juda baland.
Sobiq himoyachi sifatida aytadigan bo'lsam, himoyachi uchun eng muhim jihat - jismonan juda baquvvat yoki o'ta tezkor bo'lish emas, balki koncentraciyadir. Himoyachi hech qachon bir soniyaga ham diqqat-e'tiborini yo'qotmasligi, aqlli bo'lishi va maydondagi vaziyatni his qila olishi shart: qachon sherigini yopish kerak, qachon pressingga chiqish kerak va qachon shunchaki to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirish lozim. Biz mana shu jihatlarni o'zlashtirish ustida ishlashda davom etishimiz kerak.

- Bugun jurnalistlar ozchilik bo'lgani uchun yana bitta savol berishga ijozat bersangiz. Terma jamoani qabul qilib olganingizga bir yilu bir oy bo'ldi. Bitta farqni aytib o'tdingiz: avvalgi bosh murabbiy Srechko Katanets davrida jamoa ko'proq himoyadan o'ynab, bitta gol ursa ham shuni ushlab qolishga harakat qilardi, siz kelganingizdan beri esa hujumkor futbol ko'ryapmiz va bundan xursandmiz. Bu davr ichida yana nimalar o'zgardi deya olasiz? Mana shu noyabr oyidagi yig'in yakunlangach, nimalardan ko'nglingiz to'ldi-yu, hali yana qanday ishlar bor?
- Yaxshilashimiz zarur bo'lgan kamchiliklar haqida gapiradigan bo'lsak, birinchi navbatda individual xatolarni kamaytirishimiz kerak. Masalan, himoyachilarimiz bazan oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotib qo'yishadi; tayanch yarim himoyachilarimiz esa to'pni qabul qilishdan avval atrofni ko'zdan kechirib, maydonni o'rganishni - yani qaror qabul qilishdan oldingi harakatlarni yaxshilashi lozim. Qanot vingerlarimiz esa birga-bir vaziyatlarda raqibni aldab o'tishdan qo'rqmasligi darkor. Shu sababli individual jihatdan hali ancha ishlashimiz talab etiladi.
Shu bilan birga, men kelganimdan buyon jamoaga doim bir narsani uqtirib kelaman: agar biz maydonda yaxlit bir jamoa bo'lib harakat qilsak, har qanday raqibga qarshi munosib o'ynay olamiz va har qanday jamoa darvozasiga yo'l topa olamiz. Albatta, g'alaba qozonish muhim - men ham yutishni yaxshi ko'raman, - lekin bazi vaziyatlarda yutqazmaslik ham muhim ekanini tushunish kerak. Faqat g'alaba ilinjida butun jamoa bo'lib oldinga tashlanib ketavermaslik lozim, bu esa tajriba bilan keladi. Hozir tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p va ular maydonga tushib tajriba to'plashmoqda. Bunday malakani esa faqat kuchli terma jamoalarga qarshi o'yinlar orqali olish mumkin. Ko'p bor aytganimdek, o'rtoqlik uchrashuvlarida men uchun natija birinchi darajali emas - eng asosiysi, yosh futbolchilarimizga top terma jamoalarga qarshi o'ynash imkoniyatini berish, chunki aynan shunday bahslarda ular o'sishga erishadi.
- Oxirgi qisqa savol. Eldor Shomurodov yo'qligida bugun Husain Norchaev o'z imkoniyatiga ega bo'ldi, Sherzod Esanovni esa kutilmagan poziciyada - ikki hujumchi ortida o'ynatdingiz va u dubl qayd etdi. Ularning harakatlari va bu taktik qaror haqida nima deya olasiz?
- To'g'risi, Husain Norchaev uchun biroz afsuslandim, chunki u bugun maydonda bor kuchini berdi, juda ko'p yugurdi va o'zi uchun og'ir kechgan o'yinda jamoa uchun oxirigacha kurashdi - unga faqatgina gol yetishmadi.
Sherzod Nasrullaevga keladigan bo'lsak, bu futbolchini ilk bor ko'rganimdayoq uning imkoniyatlarini juda yaxshi anglaganman. U maydon markazida ham, boshqa istalgan chiziqda ham o'ynay oladigan universal ijrochi. Bugun biz yangi taktik sxemada - ikki hujumchi bilan harakat qilishga qaror qildik va Sherzodni hujumchilar ortiga joylashtirdik. Buning natijasida unda oldingi chiziqqa ko'proq qo'shilish imkoniyati paydo bo'ldi. Men terma jamoamiz faqatgina bitta tizimga bog'lanib qolishini xohlamayman - futbolchilarning xususiyatlaridan kelib chiqib, turli taktik sxemalarda erkin o'ynay olishimiz kerak.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13299 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10467 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 8281 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8155 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5388 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 3690 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 09.11.2026 19:56 Ўқилди 3673 Kasilyas o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sababli o'g'illarini "Real" akademiyasidan olib ketdi |
![]() | 12.11.2026 20:48 Ўқилди 3487 U19. "Lokomotiv", RFA hamda "Mashal" chorak finalga yo'l oldi |
![]() | 09.11.2026 01:24 Ўқилди 3425 Kerrik MYUning jon saqlab qolish uchun kurashi haqida: "Hozir noyabr. Menga vaziyat ham, natijalar ham yoqmayapti" |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3312 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
Реклама
Сайт хақида