"Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng
17.11.2026 09:00 Ўқилди: 2610
"Menga og'ir, xafaman va tushkunlikdaman, chunki shu kungacha jamoa bilan faxrlanib kelayotgan edim. Biroq bugungi o'yin meni hayratda qoldirdi. Yaxshi, biz yana yangi narsa yaratishga kirishamiz. Kiyinish xonasida ham xuddi shu ruhda gapirdim. Har bir vaziyatni tahlil qilishga harakat qilyapman. Bori shu, lekin buni qabul qilib bo'lmaydi. Bugundan boshlab ko'p narsani o'zgartirishimiz kerak. Bu sharmandalik", - deydi Xavining so'zlarini Voetbal International nashri.
Germaniya 11 ochko bilan 2-guruhda birinchi o'rinni egalladi. Xuddi shuncha ochko to'plagan Niderlandiya va Gretsiya mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog'onalardan joy olishdi.