Valeriy Karpin: “Venesuela O'zbekistondan kuchsiz emas, o'yini esa qiziqarliroq”
16.11.2026 23:16 Ўқилди: 995
“Venesuela terma jamoasini tahlil qildik. Kuchi jihatidan qiziqarli raqib. Hech bo'lmaganda, O'zbekistondan kuchsiz emas. O'yin uslubi jihatidan esa qiziqarliroq. Ular himoyadan qisqa paslar orqali chiqishga harakat qilishadi”, – dedi Karpin.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda O'zbekistonni 3:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Valeriy Karpin shogirdlari navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 17 noyabr kuni Krasnodarda Venesuelaga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.