
Football Bartar nashri Fars agentligiga tayanib xabar berishicha, Qirg'iziston milliy terma jamoasi futbolchisi bilan bog'liq ishda “Istiqlol” mag'lub bo'lsa, unga taxminan 1,2 million evro tovon to'lashi mumkin.
Avvalroq Kojo Tehron klubi bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, to'lanmagan maoshlari va shartnoma bo'yicha moliyaviy majburiyatlar yuzasidan FIFAga shikoyat qilgani xabar berilgan edi.
“Istiqlol”ga qarshi Kojodan tashqari sobiq futbolchilari Dakens Nazon va Mussa Jenpo ham FIFAga murojaat qilgan. Klub ushbu nizolar va murabbiy Fabio Karille bilan bog'liq ishda mag'lub bo'lsa, umumiy tovon miqdori 4 million dollardan oshishi mumkin.
Hozircha mazkur ishlar yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilinmagan. Kojo bilan bog'liq 1,2 million evrolik summa ham rasmiy belgilangan tovon emas, balki taxminiy hisob-kitob hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Joel Kojo avval Samarqandning “Dinamo” va Farg'onaning “Neftchi” klublarida to'p tepgan. Ayni paytda u Namanganning “Navbahor” klubi a'zosi hisoblanadi.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 12543 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10440 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 8254 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6532 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5376 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
![]() | 09.11.2026 19:56 Ўқилди 3658 Kasilyas o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sababli o'g'illarini "Real" akademiyasidan olib ketdi |
![]() | 12.11.2026 20:48 Ўқилди 3475 U19. "Lokomotiv", RFA hamda "Mashal" chorak finalga yo'l oldi |
![]() | 09.11.2026 01:24 Ўқилди 3413 Kerrik MYUning jon saqlab qolish uchun kurashi haqida: "Hozir noyabr. Menga vaziyat ham, natijalar ham yoqmayapti" |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3276 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3086 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
Реклама
Сайт хақида