
“BBC Sport” xabariga ko'ra, bunga APL doirasida "Tottenxem"ga qarshi kechgan uy uchrashuvi (0:2) oldidan sodir bo'lgan voqea sabab bo'lgan. O'sha bahsni hujumchi Joao Pedro sonining to'rt boshli mushagi jarohati tufayli kutilmaganda o'tkazib yuborgandi.
Fentezi-futbolda ishtirokchilar haqiqiy o'yinchilardan iborat virtual jamoalarni tuzishadi va futbolchilarning real o'yinlardagi harakatlariga qarab ochko olishadi. Har bir tur oldidan foydalanuvchilar tarkibni o'zgartirishi, jumladan, jarohat olgan o'yinchilarni chiqarib tashlashi mumkin.
Bir nechta taniqli blogerlar futbolchi Morgan Rodjers hamda "Chelsi"ning qator xodimlari uchrashuv boshlanishidan oldinoq Pedroni o'zlarining virtual jamoalaridan chiqarib yuborishganiga doir dalillarga ega ekanliklarini bildirishdi. Vaholanki, klub hujumchining jarohati haqida rasman xabar bermagan edi.
Ushbu hodisadan so'ng "Chelsi" rahbariyati xodimlarga xat yo'llab, fentezi-futbol va boshqa ommaviy o'yin platformalarida insayderlik ma'lumotlaridan foydalanishning ehtimoliy oqibatlarini eslatdi.
"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin bu vaziyatdan bexabar bo'lganini ta'kidladi:
"Men fentezi-futbolga qiziqmayman, shu sababli bundan xabarim bo'lmagan".
Klubda ushbu holat yakka tartibdagi istisno deb hisoblanmoqda va hozircha xodimlar uchun qo'shimcha cheklovlar joriy etish rejalashtirilmayapti.
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 19115 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16355 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10137 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 10010 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 7852 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7543 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7304 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 7089 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6217 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 02.11.2026 19:08 Ўқилди 5363 "Manchester Yunayted" "Bavariya"ning 60 million evrolik yarim himoyachisiga qiziqmoqda |
Реклама
Сайт хақида