Van Deyk Niderlandiya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi
10.11.2026 19:16 Ўқилди: 278
Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, bo'lajak uchrashuvlarni "Sanderlend" hujumchisi Brayan Brobbi ham o'tkazib yuboradi. Har ikkala futbolchi sog'lig'idagi holat sababli bahslarda ishtirok eta olmaydi. Futbolchilar o'rniga boshqa hech kim chaqirilmaydi.
Niderlandiya terma jamoasi noyabr oyida Millatlar Ligasi doirasida Gretsiya (13.11) va Germaniyaga (16.11) qarshi maydonga tushadi.