
Tadbirda O'zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov ishtirok etdi.

“Bahodir Yo'ldoshboevichga ortiqcha tarif berishning hojati yo'q. U futbolchi sifatida ko'p karra mamlakat chempioni va sovrindori, O'zbekiston kubogi sohibi, Osiyo kubogi vice-chempioni hamda bronza medali sovrindori bo'lgan. Murabbiy sifatida esa milliy terma jamoamizni qita miqyosidagi musobaqalarda ikki marta shohsupaga olib borgan, Jahon chempionatida jamoamizni tarixda ilk bor pley-off bosqichiga olib chiqqan mutaxassisdir.
Qolaversa, u milliy terma jamoada faoliyat yuritgan barcha xorijlik mutaxassislar bilan yonma-yon, elkama-elka ishlab, katta tajriba to'plagan. Shunday ekan, Bahodir Ahmedov bilan oldimizga ikkilanmasdan ulkan maqsad va vazifalarni qo'ymoqdamiz. Yaqin istiqboldagi maqsadimiz Osiyo Kubogini qo'lga kiritish, jahon chempionatiga yo'llanma olishdir.
O'zbekiston futzal federatsiyasi o'zining strategik yo'lini belgilab olgan va o'z maqsadi yo'lida doimo oldinga intiladi, yuksak marralar sari harakatni davom ettiradi”, – dedi Bekzod Mamatqulov.
Matbuot anjumanida OAV vakillari O'FF rahbari hamda milliy terma jamoa Bosh murabbiyiga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javob olishdi.

Jurnalistlar nafaqat milliy terma jamoaning kelgusi rejalari, balki mamlakat milliy chempionatini rivojlantirish, futzali taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, jahonning yetakchi terma jamoalari bilan istiqbolli o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, terma jamoaga iqtidorli yoshlarni tayyorlash hamda mamlakat futzalining istiqboli va yaqin kelajakdagi ustuvor vazifalar yuzasidan ham batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 19079 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16328 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9974 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7525 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7298 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 7077 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6202 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 02.11.2026 19:08 Ўқилди 5351 "Manchester Yunayted" "Bavariya"ning 60 million evrolik yarim himoyachisiga qiziqmoqda |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5145 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
![]() | 02.11.2026 23:24 Ўқилди 5113 Flamarion: "Bu biz xohlagan natija emas" |
Реклама
Сайт хақида