
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yinni ko'rdingiz, etarli darajada hayajonli bahs bo'ldi. Bu xuddi derbi uchrashuviga o'xshab ketdi. Qolaversa turnir jadvalidagi o'rindan kelib chiqib o'yin qiziqarli bo'lishi kutilgan edi. Yashirmayman, bizda qandaydir muammolar bor, negadir g'alaba uchun kurasha olmadik, lekin yutqazib qo'yishni ham xohlamagandik.
Bir tomondan yutqazganimiz, ikkinchi tomndan qizil kartochka olganimiz alam qilyapti. Bahs oxirlarida diqqatni bir joyga jamlay olmadik va gol o'tkaib yubordik. Bu gol umuman kerak emasdi. Uchrashuvning to'liq kartinasini oladigan bo'lsak, reja bo'yicha o'tkazdik. 69-daqiqadan keyin o'yinni kuchaytirmoqchi edik, lekin teskarisi bo'ldi. "Nasaf" tig'iz taqvimda o'ynayotganini bilardik va shunga ko'ra hozirlik ko'rgandik. Bahsning asosiy qismini himoyada o'tkazdik, raqib esa o'z vaziyatlaridan foydalanishga harakat qildi. Nailoj, harakat qilishda davom etamiz.
- O'tgan tur barcha o'yinlarda 5ta qizil kartochka ko'rsatilgandi, bu tur ham kartochkalarsiz o'tmayapti. Murabbiy sifatida buni qanday izohlaysiz, chempionat oxiriga kelib charchoq tufaylimi yoki hamma asabiylashib ketdimi?
- Fikringizga qo'shilaman, rostan kartochkalar ko'p bo'lyapti. Futbolchilar ham charchagan. O'yinlar ham o'ziga yarasha hayajonli o'tyapti. Menimcha, ko'p narsa mavsum oxiri yaqinlashayotgani bilan bg'liq. Jamoalar har o'yinni yutishga harakat qilyapti, buning oqibatida chetlatishlar yuzaga kelyapti.
- Bugungi bahsda Javohir Ro'zievning yo'qligi bilindimi?
- Unda to'rtta sariq kartochka borligi sabab o'ynay olmadi. Shu bois bugungi o'yinni o'tkazib yubordi. Xursand qilgani jihati, Quvondiq Ro'ziev umumiy guruhda shug'ullanib bugun maydonga tushdi. Qaysidir futbolchimizning o'ynay olmasligi boshqa futbolchiga imkon beradi va shu orqali rotaciya qilamiz.
- "Buxoro"ni endi qabul qilib olganingizda Superligada olib qolishni uddalay olgan edingiz. Bu yil esa hatto sovrinli o'rinlar uchun jamoa kurashmoqda. Yaqinda xushxabar eshitdik: klub bilan shartnomani uzaytiribsiz. Kelasi mavsumda muxlislar nimani kutsa bo'ladi?
- Eng muhimi, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni yo'qotib qo'ymasligimiz va har tur muxlislarni xursand qilishga harakat qilishimiz lozim. Keyingi mavsum oldidan o'tirib yaxshi reja tuzamiz va shunga qarab hozirlik ko'ramiz. Buning uchun avvalo viloyat hokimi bilan uchrashib, rejalarni gaplashib olishimiz kerak bo'ladi.
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 19061 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16298 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9944 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7492 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7286 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 7062 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6193 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 02.11.2026 19:08 Ўқилди 5339 "Manchester Yunayted" "Bavariya"ning 60 million evrolik yarim himoyachisiga qiziqmoqda |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5124 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
![]() | 02.11.2026 23:24 Ўқилди 5095 Flamarion: "Bu biz xohlagan natija emas" |
Реклама
Сайт хақида