
– Bugungi o'yin xususidagi fikrlaringizni bildirsangiz.
– Bugun ajoyib, shiddatli va qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Uchrashuv muxlislarga manzur bo'ladigan tarzda, keskin kurashlarga boy o'tdi. Biz g'alaba qozonishni juda xohlagan edik, biroq futbol shunisi bilan ham qiziq. Birinchi va ikkinchi bo'limlarda gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Futbolning yozilmagan qonuni bor: sen gol urmasang, senga urishadi. Bu holat yigitlar uchun ham katta tajriba maktabi va saboq bo'ldi. Endi bir-ikki kun hordiq chiqarib, keyingi rejalar ustida ishlaymiz.
– Legioner Ivan Peshich juda yaxshi harakat qildi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi haqida ma'lumot bersangiz.
– Uning klubimiz bilan yil oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomasi mavjud.
– Boshqa klublardan taklif tushsa, uning transfer qilinishi va jamoadan ketishi ehtimoli bormi?
– Uni sotib olmoqchimisiz? Unday bo'lsa, buni muhokama qilishimiz mumkin. Agar jiddiy aytadigan bo'lsam, mening bilishimcha, qonun-qoidalarga ko'ra, shartnoma yakunlanishiga yarim yil qolganida bunday muzokaralarni olib borishga ruxsat etiladi. Batafsil ma'lumotni uning o'zidan so'raganingiz maqul.
– Birinchi bo'limda Turdialiev ishtirokida ikkita juda xavfli vaziyat yuzaga keldi...
– Hatto uchta vaziyat bo'ldi. Birinchi bo'limning o'zida 4 ta yuz foizlik golli vaziyat yaratildi. Bundan tashqari, Papava ham gol ura olmadi va Botirali Ergashev yaxshi himoyalandi.
– Sizlar bugun 5 nafar himoyachi taktikasida o'ynadinglarmi?
– Yo'q, biz 5 nafar himoyachi bilan o'ynaganimiz yo'q, balki 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalandik. Agar beshta himoyachi bilan o'ynaganimizda, buncha ko'p hujumkor vaziyatlar qayerdan kelib chiqar edi? Biz hujumga o'tganimizda, pozicion jihatdan Papava uchinchi markaziy himoyachi vazifasini bajargan bo'lishi mumkin. Futbolda taktik sxemalar doimo moslashuvchan bo'lishi talab etiladi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda shunday harakat qilindi, ammo asosiy sxemamiz 4-2-3-1 ko'rinishida bo'ldi.
– Taktika yoki sxema nuqtayi nazaridan olib qaraganda, hujumkor futbol ko'rsatadigan jamoaga qarshi to'p surish qiyinroqmi yoki himoyaviy uslubdagi jamoagami?
– Hujumkor futbol o'ynaydigan jamoaga qarshi bahs olib borish ancha osonroq. Agar raqib "avtobus qo'yib" (o'ta himoyaviy taktika tanlab) olsa, birinchi navbatda, ularning zich mudofaasini yorib o'tish juda murakkab kechadi. Albatta, bu raqibning qanday himoyalanishiga ham bog'liq. Ikkinchi tomondan, hujumga o'tgan paytingizda orqa chiziqlarda bo'shliqlar yuzaga keladi va raqib uchun ochiq hududlar paydo bo'ladi. Agar ularning safida bir-ikki nafar tezkor futbolchi bo'lsa, qarshi hujumda qochib ketishi osonlashadi. Shu sababli ham yopiq futbol o'ynaydigan jamoaga qarshi to'p surish qiyinroq. Men shaxsan ochiq va muxlislarbop futbol tarafdoriman – xuddi bugungi uchrashuv kabi. To'g'ri, faqat himoyaga tayanib o'ynab ham ko'zlangan maqsadga erishish mumkindir, biroq bunday yondashuv doim ham kafolatlangan natijani bermaydi. Shu bois men doimo ochiq kurashlarga boy, shiddatli, qiziqarli va tomoshabinlarga zavq bag'ishlaydigan hujumkor futbolni afzal ko'raman.
– OCHL Elit va Chempionlar ligasi musobaqalarida ishtirok etayotgan klublarimiz, xususan, "Paxtakor", "Nasaf" va bugungi raqibingiz bo'lmish "Neftchi"ning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
– Ularning guruhdan chiqishini juda ham xohlagan bo'lar edim. Chunki bu nafaqat Farg'ona yoki Toshkentning, balki butun O'zbekistonning yuzi hisoblanadi. Bunday nufuzli musobaqalarda "Neftchi", "Paxtakor" yoki "Nasaf" ishtirok etishidan qati nazar, ular ichki chempionatimizda bizga raqib bo'lsa-da, xalqaro maydonda ularga muxlislik qilaman va g'alaba qozonishlarini tilayman. Guruhdan chiqish yoki chiqmaslikni vaqt va futbol ko'rsatadi. Masalan, kuni kecha Erondagi o'yinda 2:1 hisobida oldinda boraturib, g'alabani qo'ldan boy berishdi. Agar jamoalarimiz ko'proq ochko jamg'arib, mamlakatimiz uchun kvotalar sonini oshirsa, men bundan faqat xursand bo'laman.
– Kelajakda Mirjamol Qosimov ham dadasi kabi murabbiy bo'lishi mumkinmi?
– Bu savolni uning o'zidan so'raganingiz maqul. Bu haqda aniq bir fikr bildirishim qiyin, u sizga aniqroq javob bera oladi.
– OKMK jamoasi oxirgi o'yinlarda juda yaxshi harakat qilmoqda. Bugungi uchrashuvda ham jamoa himoyada va hujumda o'zini ko'rsatdi. Chempionatdagi holat va natijalar aniq bo'lib ulgurdi. Kelgusidagi kubok bahslarida jamoangizga omad tilaymiz va yigitlar ruhan tushkunlikka tushmaydi, deb umid qilamiz.
– Bu o'yin biz uchun katta tajriba bo'ldi. Biz yo'l qo'yilgan xatolarni o'rganib chiqib, yigitlarga tushuntiramiz. Futbolda ko'pincha juda oddiy vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'yiladi. Takidlaganimdek, futbolda eng qiyin narsa – bu oddiy o'ynashdir. Biz keraksiz vaziyatlarda to'pni yo'qotdik. Masalan, Aziz darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borganda, yonida ikki nafar sherigi bo'sh darvoza qarshisida ochiq turgan edi. Agar u to'pni sheriklariga uzatganida, gol bo'lar va shu bilan o'yin taqdiri hal etilar edi. Ushbu vaziyatdan so'ng, raqib jamoasi "Neftchi" ruhiy jihatdan uyg'ondi va ko'p o'tmay bizning darvozamizga gol urdi. Futbol shunday o'yinki, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish zarur. Shuningdek, darvozabonimiz Valijonning oddiy xatosi ham qimmatga tushdi. Bu kabi holatlarda tezroq fikrlash va to'g'ri xulosa chiqarish talab etiladi. Futbol bu shaxmat emas, maydonda o'z vaqtida to'g'ri qaror qabul qilish kerak. Yigitlar mana shunday oddiy, ammo o'yin taqdirini hal qiluvchi jihatlarga e'tibor qaratishlari lozim. Omad va yaxshi tilaklar uchun rahmat, salomat bo'linglar.
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 19061 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16298 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9944 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7492 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7286 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 7062 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6193 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 02.11.2026 19:08 Ўқилди 5339 "Manchester Yunayted" "Bavariya"ning 60 million evrolik yarim himoyachisiga qiziqmoqda |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5124 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
![]() | 02.11.2026 23:24 Ўқилди 5095 Flamarion: "Bu biz xohlagan natija emas" |
Реклама
Сайт хақида