
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi ma'lum qilishicha, milliy jamoa 8–17 noyabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.
Mazkur yig'in doirasida yunonistonlik mutaxassis shogirdlari ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Saudiya Arabistoni 13 noyabr kuni Janubiy Koreyaga, 17 noyabrda esa O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.
Qayd etish joiz, e'lon qilingan tarkibdan jamoa sardori Salim ad-Davsariy va darvozabon Navof al-Aqiydiy o'rin olmagan. Avvalgi yig'inni o'tkazib yuborgan Musab al-Juvayr va Saud Abdulhamid esa milliy jamoaga qaytgan.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibi:
Muhammad al-Uvays, Homid Yusuf, Abdulquddus Atiya, Abdulloh al-Umariy, Hassan at-Tambaktiy, Ali al-Lajomiy, Sulton Tankar, Abdulloh al-Xatib, Navof Bushal, Muhammad Mahzariy, Saud Abdulhamid, Muhammad Abu ash-Shamot, Mutaib al-Harbiy, Foris Obidiy, Musab al-Juvayr, Muxtor Ali, Muhammad Kanno, Ziyod al-Juhaniy, Abdulloh al-Xaybariy, Nosir ad-Davsariy, Abdulmalik al-Ayyariy, Sulton Mandash, Muhammad al-Qahtoniy, Marvon as-Sahfiy, Muhammad al-Kuvaykibiy, Ahmad al-G'omidiy, Turkiy al-Ammor, Abdulloh al-Hamdon, Firos al-Buraykon, Abdulloh Ol Salim.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 17 noyabr kuni Doha shahrida bo'lib o'tadi.
Undan avval Fabio Kannavaro shogirdlari 12 noyabr kuni Toshkentda Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87319 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41281 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 18878 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16100 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10365 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9761 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 26.10.2026 21:32 Ўқилди 8392 Peres Londondagi "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7360 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7226 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 6969 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
Реклама
Сайт хақида