Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda
26.10.2026 00:16 Ўқилди: 86845
Mankunianliklar bugun APLning 8-turida "Bornmut"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Jamoa so'nggi sakkizta o'yinda besh bor mag'lubiyatga uchrab, uch marta durang qayd etdi.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, "Yunayted" rahbariyati bugungi bahsdan avval ham Kerrikning o'rniga nomzodlar qidirayotgan edi, ammo endi bu jarayonni tezlashtiradi. Klubdagi manbalar amaldagi bosh murabbiyning iste'foga chiqarilishini kutmoqda.