
Samimiy va ochiq muloqotda jamoa oldida turgan vazifalar, mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hamjihatlik va mas'uliyat masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda "Neftchi" o'zining shonli nomi va boy tarixi bilan birga, bugun xalqaro maydonlarda o'zbek futboli shani va obro'sini ham himoya qilayotgani takidlandi. Bu esa har bir futbolchi va murabbiydan yuksak professionallik, fidoyilik hamda umumiy maqsad yo'lida birlashishni talab etadi.
- "Neftchi" - millionlab muxlislarning mehri, ishonchi va umidini mujassam etgan jamoa. Maydonga tushgan har bir futbolchi klubimiz tarixi, Farg'ona faxri va yurtimiz sharafi uchun kurashayotganini chuqur his qilishi kerak. Bugun barchamizni birlashtiradigan mezon - jamoa manfaati va g'alabaga bo'lgan intilishdir, - dedi viloyat hokimi.
Muloqotda jamoa atrofidagi turli mish-mish va muhokamalarga ham to'xtalib, bor e'tibor va kuchni mashg'ulotlarga, o'yin intizomiga hamda maydonda natija ko'rsatishga qaratish zarurligi qayd etildi. O'zaro ishonch, ahillik va bir-birini qo'llab-quvvatlash hal qiluvchi pallada jamoaning asosiy tayanchi bo'lishi lozimligi takidlandi.
Uchrashuvda “Neftchi” bosh murabbiyi Islom Ismoilov yo'q edi.
Eslatib o'tamiz, “Traktor” hamda “Neftchi” uchrashuvidan so'ng Islom Ismoilov hamda Alisher Odilov o'rtasida kelishmovchilik yuz bergan edi.






![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87304 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41275 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 18851 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16076 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10365 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9758 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 26.10.2026 21:32 Ўқилди 8392 Peres Londondagi "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7360 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7223 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 6963 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
Реклама
Сайт хақида