"Real" va Jey-Jey Gabriel og'zaki kelishuvga erishdi. 16 yoshli hujumchi yanvarda MYUni tark etishi mumkin
04.11.2026 14:32 Ўқилди: 269
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko'ra, Madrid klubi "Manchester Yunayted" tizimida harakat qilayotgan 16 yoshli futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishgan.
Ayni paytda "qaymoqranglilar" ushbu transferni yakunlash ustida ishlamoqda. Vaziyatni shuningdek, "Barselona", "Bavariya" va "PSJ" klublari ham kuzatib bormoqda.
Kutilishicha, Gabriel "Yunayted"ni shu kelayotgan yanvar oyidayoq tark etadi va 2027 yilda Yevropa Ittifoqi fuqarosi sifatida yangi jamoasiga qo'shiladi.