Flik jamoalari CHL o'yinlarida o'rtacha 3 tadan gol urmoqda - bu tarixdagi eng yaxshi natija
04.11.2026 12:24 Ўқилди: 283
Kecha "Barselona" CHL doirasida "Aston Villa"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Flik qo'l ostidagi klublar tomonidan mazkur musobaqada urilgan gollarning umumiy soni 48 ta o'yinda 146 taga etdi. Eslatib o'tamiz, germaniyalik mutaxassis kataloniyaliklardan oldin "Bavariya"ni boshqargan edi.
O'rtacha hisobda Xansi jamoalari har bir o'yinda 3,04 tadan to'p kiritishmoqda. Uning eng yaqin taqibchilari reytingi quyidagicha ko'rinish olgan: Vensan Kompani (2,71), Luis Enrike (2,42) va Pep Gvardiola (2,32).