
Shackix "Ukrainskiy futbol" nashriga bergan intervyusida rekordni boy berganidan afsuslanmayotganini ta'kidladi.
"Yo'q, albatta, hech qanday hasad yo'q! Bu – tarix. Hozir bu haqda bir-ikki kun gapirishadi, keyin esa unutishadi. Faqat kimdir ushbu natijaga yaqinlashganida yana eslashadi.
Bu haqda yuzlab marta aytganman: men uchun rekordlar eng muhimi emas. Muxlislarning etirofi va tribunalar meni qanday hayajon bilan kuzatib qo'ygani ancha muhimroq.
Odamlarning etirofi men uchun quruq raqamlardan beqiyos darajada qadrliroq. Albatta, noming futbol statistikasida bir umrga qolishi yoqimli. Ammo takrorlayman, bular ikkinchi darajali narsalar", – dedi Shackix.
Shuningdek, sobiq futbolchi Yarmolenko rekord o'rnatgan uchrashuvni tomosha qila olmaganini, biroq uni yangi natija bilan tabriklaganini bildirdi.
"Afsuski, o'yinni ko'ra olmadim, chunki o'sha vaqtda jamoamizning ham uchrashuvi bor edi. Taassurotlarimga kelsak, nima ham deyishim mumkin? Andreyni hali qishda Turkiyadagi yig'in paytida tabriklagandim. Uning imkoniyatlariga shubha qilmagandim.
Hozir yana bir bor tabriklayman. Uning bunday natijaga erishganidan chin dildan xursandman. Rostini aytsam, butun qalbim bilan quvondim. Barakalla! Unga faqat shu ruhda davom etishini tilayman", – dedi mutaxassis.
Ma'lumot uchun, Ukraina chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Dinamo" va "Krivbass" o'rtasidagi uchrashuvda (2:0) Andrey Yarmolenko 43-daqiqada penaltidan gol urdi.
Bu 37 yoshli futbolchining Ukraina Premer-ligasidagi 125-goli bo'ldi. Shu tariqa, u 124 ta gol bilan o'n yildan ortiq vaqt davomida rekordchi bo'lib kelgan Maksim Shackixning natijasini yangiladi.
Eslatib o'tamiz, Shackix 2025 yil noyabr oyidan buyon Qirg'izistonning "Aziya Talas" klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87298 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41275 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 18839 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16049 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10365 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9743 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 26.10.2026 21:32 Ўқилди 8389 Peres Londondagi "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7348 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7211 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 6954 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
Реклама
Сайт хақида