OFK “Neftchi” futbolchisini ikki o'yinga chetlatdi va jarimaga tortdi
28.10.2026 23:48 Ўқилди: 610
Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom va etika qo'mitasining 28 oktyabr kuni qabul qilingan qarorida ma'lum qilindi.
Unga ko'ra, Aliboev Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri guruh bosqichida “Al Nassr”ga qarshi uchrashuvda raqibga nisbatan o'ta qo'pol harakat qilib, maydondan chetlatilgani uchun OFK Tartib-intizom kodeksining 47-moddasi asosida ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Futbolchi avtomatik bir o'yinlik diskvalifikaciyasini 26 oktyabr kuni “Al Ittihod”ga qarshi uchrashuvda o'tab bo'ldi.
Shu tariqa, Aliboev 2 noyabr kuni Eronning “Traktor” klubiga qarshi safar uchrashuvida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
Bundan tashqari, 30 kun ichida 2000 AQSH dollari miqdorida jarima to'lashi belgilandi.