
P.S. Matbuot anjumanidan avval quvaytliklar bosh murabbiyining telefoni jiringlab qoldi va qizchaning ovozi eshitildi: "Dada, g'alaba muborak, tabriklayman". Murabbiy kuldi va shunday dedi: "Bu - qizim, mening besh nafar qizim bor".
- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda g'alaba qozonganimiz uchun Yaratganga shukur aytaman. Alhamdulillah, qiyin bahsni o'tkazib oldik. "Nasaf"ga qarshi bahs juda og'ir kechishini bilardik. Bugun futbolchilarimiz 200 foiz kuch bilan o'ynashdi. Maydonga tushgan hamma katta kuch va yuqori xohish bilan harakat qildi. Buning uchun murabbiylarimiz shtabiga ham alohida rahmat, shuningdek biz bilan kelgan barchaga rahmat.
- Futbolda tajriba qatori omad ham muhim rol o'ynaydi. Bugun ko'proq omad keldi deb hisoblaysizmi?
- Omadni ham Olloh beradi. Ko'proq mehnat qilganga omad ham kulib boqadi deyishadi. O'ylashimcha, biz bu o'yinga juda yaxshi hozirlik ko'rdik. "Nasaf"ni yaxshilab o'rganib chiqqandik. Birinchi taymda ikki-uchta gol urishimiz mumkin edi, lekin vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi taymda ham qulay imkoniyatni boy berdik. "Nasaf" ham bizga jiddiy qarshilik qildi, biroq oxirigacha turib bera oldik.
- Jamoangiz FIFA kunlaridan so'ng to'rtta o'yin o'tkazib yirik hisoblar qayd etdi. Umuman "Al Quvayt" "Nasaf" bilan o'yinga qanday tarzda yetib keldi?
- Tarkibimizda 23 nafar futbolchi bor va oxirgi uchta uchrashuvda ularning hammasi maydonga tushdi. Biz tez-tez rotaciyaga qo'l uryapmiz, jarohat sabab futbolchilar safdan chiqyapti, o'rniga boshqalar o'ynayapti. Bazi o'yinchilarga dam berib bugungi o'yinga saqladik. Eng muhimi, futbolchilarning tiklanishi, ular tayyor bo'lsa, o'yinga qo'yish oson kechadi. Shuni aytishim mumkin, bizning futbolchilar professional. Biz har bir o'yinda futbolchilardan eng yaxshisini talab qilamiz.
- "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning Osiyodagi nufuzini mutaxassis sifatida qanday baholaysiz?
- Men "Nasaf"ni ham, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievni ham hurmat qilaman. Chunki "Nasaf" tizimli futbol namoyish etadi. Tabiiyki tizimli futbolni yo'lga qo'yish murabbiyga bog'liq bo'ladi.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87124 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41077 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39447 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23843 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 20023 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15167 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14147 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11791 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10955 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 25.10.2026 02:08 Ўқилди 10272 La Liga. Xulian Alvaresning goli "Atletiko"ga 3 ochko taqdim etdi |
Реклама
Сайт хақида